24 May 2025 yil 680

“Ilm eng buyuk sharaf!” shiori ostida- Termiz shahridagi Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan 7-sonli umumta’lim maktabida ham “25-may – so‘ngi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bugun, barcha umumta’lim dargohlarida “Ilm eng buyuk sharaf!” shiori ostida “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qadrdon maktab, mehribon ustozlar bilan xayrlashuv tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Termiz shahridagi Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan 7-sonli umumta’lim maktabida ham “25-may – so‘ngi qo‘ng‘iroq” bayram tadbiri tashkil etildi.

Ushbu bayram shodiyonasi ko‘taringki ruhda tashkil etildi.

Bayram tadbirida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiev ham ishtirok etib, maktab bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga Davlatimiz rahbari tomonidan yo‘llangan bayram tabrigini o‘qib eshittirib, o‘zining samimiy dil izhorlarini bildirdi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda Muhtarram Prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimini isloh qilish, kelajak avlodga sifatli va zamon talabiga mos qulay ta’lim berish hamda yetarli shart-sharoitlar yaratish borasida bir qancha Farmon va qarorlar orqali qo‘shimcha imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratib berilganligi qayd etilib, oxirgi 7 yil davomida viloyatda 26 ta maktab qurilishi, 353 ta maktab qayta rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilishi natijasida o‘quvchilar sig‘imi 420 ming tadan 454 ming 215 tagacha ortganligi, pedagog xodimlarning 34 ming 300 nafardan 49 ming 152 nafarga ko‘paytirilganligi, 966 ta maktabning barchasida kutubxonalar tashkil etilib, ulardagi kitoblar soni 1 mln. 532 ming taga yetkazilishi hamda maktablarda 1 ming 219 ta kompyuter sinfxonlari tashkil etilishi, 666 ta maktablarda sport zallarini qayta rekonstruksiya yoki yangidan qurilishi kabi bir qancha imkoniyat va sharoitlar yaratib berilayotganligi qayd etildi.

Shu bilan birga ushbu ta’lim muassasasining shu kunga qadar erishgan yutuqlari hamda ijobiy natijalari haqida ma’lumotlar keltirib, 2024-2025 o‘quv yilida maktabning 11-sinfini tamomlayotgan 141 nafar o‘quvchi yigit-qizlar, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotganligi munosabati bilan ularga shaxsiy hayotda katta yutuqlarga erishib, o‘qish va ishlariga omadlar tiladi.

Shundan so‘ng, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, ijro etilgan she’r kuy-qo‘shiqlar, va raqslar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida o‘zining namunali hulqi bilim o‘zlashtirish hamda jamoat ishlaridagi faolligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh bitiruvchi yoshlar viloyat IIBning faxriy yorliq hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida So‘ngi qo‘ng‘iroq sadolari yoangrab bitiruvchi yigit qizlar tomonidan ezgu niyatlar ila oq kabutarlar samoga uchirildi.

Text to speech