27 Dekabr 2022 yil 518

Ilgari firibgarlik qilgan shaxs takror firibgarlikka qo‘l urdi

Sho‘rchi tumanida 2022 yil 1 dekabr kuni, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, D,Jamshid (ism shariflar o‘zgartirilgan) tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda tumanning “Xurlik” mahallasida yashovchi, ilgari firibgarlik jinoyatini sodir qilib sudlangan D.Latif 2022 yil iyun oyida, “VAZ 2106 rusumli avtomashinasini hujjatlarini to‘g‘rilab berish”ni va’da qilib jami 100 (bir yuz) AQSh dollari va 910.000 (to‘qqiz yuz o‘n ming) so‘m pullarini olib o‘zining ehtiyojiga ishlatib yuborganligini bildirgan. Bundan tashqari D.Latif tumanning “Ozod” mahallasida yashovchi, Yu.Yunusning VAZ 2106 rusumli avtomashinasini 11.500.000 (o‘n bir million besh yuz ming) so‘mga sotib olishini va pullarini 2022 yil avgust oyida berishini aytib olib, shu kunga qadar pullarni bermasdan aldab kelayotganligi aniqlangan. 10 dekabr kuni D.Latifga nisbatan  O‘zbekiston Respublikaasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech