1 Aprel 2024 yil
431
“Yashil makon” loyihasi doirasida Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan daraxt nihollari ekilmoqda
Kuni kecha davlatimiz rahbari raisligida
“Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar
bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida
mas’ullarga ekologik musaffolikni ta’minlashga yo‘naltirilgan vazifalarni izchillik
bilan davom ettirish borasida aniq ko‘rsatmalar berildi.
Ushbu ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yashil makon” loyihasi doirasida
Denov tumani ichki ishlar boshqarmasi ma’muriy binosi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish,
manzarali va mevali ko‘chat va boshqa nihollarni ekish ishlari uyushqoqlik bilan
olib borilmoqda.