17 Iyul 2021 yil 474

Ikkinchi chorak yakuni bo'yicha ish ko'rsatgichi yuqori bo'lgan xodimlar rag'batga munosib Ko'rildi

Joriy yilning 17 iyul kuni Surxondaryo viloyati IIBda tergov bo'linmalari xodimlari bilan 2021 yilning 2-choragi yakunlariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda tergov bo'linmalari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, ularning bilim saviyasi hamda amaliy tajribasini oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig'ilish yakunida ijobiy ko'rsatkichlarga erishgan tergovchi, surishtiruvchi va tergov bo'linmalari qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Tergovchilar, Denov tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tergovchisi katta leytenant G'.Ergashev, viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi o'ta muhim ishlar bo'yicha tergovchisi mayor F.Choriev, viloyat IIB mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi o'ta muhim ishlar bo'yicha tergovchisi kapitan Sh.Rahimov,Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tergovchisi leytenant S.Jumaniyozov, Angor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tergovchisi leytenant I.Yangiboev, Termiz tumani IIB huzuridagi tergov guruhi katta tergovchisi katta leytenant F.Xolmo'minov, shuningdek surishtiruvchi lavozimida faoliyat olib borayotganlar bo'yicha viloyat IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Sho'rchi tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi surishtiruvchisi mayor o.Qurbanov, transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi huzuridagi tergov guruhi surishtiruvchisi kapitan u.Jo'raev, viloyat IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Oltinsoy tumani IIB 1-son IIB surishtiruv guruhi surishtiruvchisi leytenant D.Panjievlar taqdirlanishdi.
Shuningdek, tergov bo'linmasi jamoalari o'rtasida Muzrabot tumani IIB huzuridagi tergov guruhi, Sho'rchi tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi, tergov boshqarmasi tergov qismi va Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi jamoasi 2021 yilning 2-choragi davomida eng yaxshi ko'rsatkichlarga erishganligi uchun tergov boshqarmasi boshlig'ining faxriy yorlig'i bilan taqdirlanishgan bo'lsa, xizmat faoliyatida ijobiy ko'rsatkichlarga erishayotganligi uchun Termiz shahar IIB huzuridagi tergov bo'limi, Sho'rchi tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi, Sariosiyo tumani IIB huzuridagi tergov guruhi va uzun tumani IIB huzuridagi tergov guruhiga1 donadanjami 4 dona monoblok kompyuterlar, transportda XTB huzuridagi tergov guruhi, Sariosiyo tumani IIB huzuridagi tergov guruhi, Denov tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi, Qumqo'rg'on tumani IIB huzuridagi tergov guruhi, Bandixon tumani IIB huzuridagi tergov guruhi, Sherobod tumani IIB huzuridagi tergov guruhi, Angor tumani IIB huzuridagi tergov guruhi, Termiz tumani IIB huzuridagi tergov guruhi va Termiz shahar IIB huzuridagi tergov bo'limiga 1 donadan jami 9 dona zamonaviy noutbuklar topshirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech