Ikki mahalladosh kelishaolmay qolishdi, oqibatda...
Muzrabot tumanida 2021 yilning 13 fevral kuni taxminan soat 11.30 lar chamasida, tumanning "shaffof" mahallasida yashovchi, u.G'. mahalladoshi S.S. bilan o'zaro janjal oqibatida bir-birlarini qo'li bilan urishib, u.G'.ga "o'rtacha og'irlikdagi" tan jarohati, S.S.ga sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil tan jarohati etkazgan. 13 mart kuni u.G'.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan bo'lsa, S.S.ga nisbatan O'zbekison Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Mahalladoshlar U.G'. hamda S.S.lar bir-birlari bilan gap talashib, oxiri janjalga borib taqalgan ikki shavvozning qilmishlari jinoyat ishi qo'zg'atilishiga olib keldi. Endilikda bir birlariga etkazgan tan jarohatlari uchun qonun oldida javob berib, o'zgalarni hurmat qilishni o'rganishsa ne-ajab!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati