14 Iyul 2020 yil
695
Ikki kishilashib, bir odamni do'pposladi
Qumqo'rg'on tumanida 2020 yilning 23 iyun kuni, tumanning "Yangiobod" mahallasida yashovchi Ch.Sh. va uning qayinakasi X.H. bilan birgalikda tanishi, qo'shni mahallada yashovchi N.T. bilan o'zaro janjallashib qolishi oqibatida, N.T.ga qo'llari bilan duch kelgan joylariga urib, "sog'lig'ining buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati etkazgan. 13 iyul kuni Ch.Sh. va X.H.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati