23 Fevral 2021 yil
582
"Ijtimoiy tarmoqqa video tasviringni tarqatib yuboraman”
Denov tumanidagi "o'zgarish" mahallasida yashovchi ayol N.B. tuman IIO FMB ga ariza bilan murojaat qildi. Unga ko'ra, mahalladoshi B.U. uning videotasvirini xorijda ishlayotgan turmush o'rtog'iga hamda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishini aytib tahdid qilgani va buni qilmasligi uchun ayoldan 500 AQSh dollari talab qilayotgani keltirilgan.
Surxondaryo viloyati IIB JQB va tuman IIO FMB xodimlari tomonidan N.B.ning arizasiga asosan o'tkazilgan tadbir davomida B.U. 5.200.000 so'mni mahallasi hududida olayotgan vaqtida ushlandi va ashyoviy dalil olindi. B.U.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati