16 Iyun 2020 yil 581

Ijtimoiy tarmoqning bir necha kanallarida namoyish etilgan "qonun hamma uchun barobar" sarlavhali videolavhaga M U N O S A B A T

Videolavhada aks etgan qoidabuzilgan holat 2020 yil 21 mart kuni bo'lib o'tgan. Shu kuni Surxondaryo viloyati IIB tomonidan barcha xodimlarga koronavirus infektsiyasining tarqalib ketishining oldini olish maqsadida, "trevoga" signali berilganligi sababli davlat raqami 75 011 VSF bo'lgan "Traker" rusumli xizmat avtomashinasini 2-haydovchi sifatida Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPXO 1-safarbar guruhi komandiri katta leytenant X.Pardaevga biriktirilgan va u shu kuni o'ziga biriktirilgan avtomashinani boshqarib kelib, yo'l harakati qoidalarining 91-bandida ko'rsatilgan talabni (piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 5 metrdan kam masofa qolganda) buzib avtomashinani 5.16.1 yo'l belgisi hamda "zebra" chiziqlari bilan belgilangan piyodalar o'tish joyiga 5 metr masofani qoldirmasdan to'xtagan.
Bu holat esa boshqa yo'l harakati ishtirokchisining videoregistratoriga qayd etilganligi sababli, ushbu haydovchi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 sentyabr kunidagi 747-sonli qaroriga asosan, qoidabuzarlik qayd etilgan videolavhani "Ejarima.uz" saytiga joylashtirgan va qoidabuzarlik yuzasidan hodimga nisbatan chora ko'rilgan.
2020 yil 15 iyun kuni esa ijtimoiy tarmoqning bir necha sahifalarida ushbu qoidabuzarlik aks etgan videolavha namoyish etila boshlangan ammo Surxondaryo viloyati IIB YHXB rahbarining birinchi o'rinbosari ism-familiyasi bilan. Shu o'rinda hurmatli fuqarolarimizga jamoatchilik nazorati va tevarak atrofdagi voqea-hodisalarga, qonun-qoidalarning buzulishlariga befarq bo'lmaganliklari uchun minnatdorligimizni bildiramiz. Ammo har bir holatga axborot olish va tarqatish talablariga to'liq amal qilishlari hamda aniq ma'lumotga ega bo'lmay shaxsni (hokimiyat vakili, xodimlar va mansabdor shaxslar)ni obro'sizlantiradigan ma'lumotlar tarqatmasliklariga chaqiramiz. Zero ushbu harakatlariga nisbatan ham qonunlarimizda tegishli choralar belgilangan.
Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmat

Text to speech