22 Aprel 2023 yil 5251

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoxabar yuzasidan

“Bir guruh ayollar tomonidan qarzini bermagani uchun boshqa bir ayolni do‘pposlab, qosh va sochlarini kesib, kiyimlarini yirtib tashlashgani aytilayotgan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borildi.

Holat, 2022 yilning  noyabr oyi oxirlarida, Denov tumani Bog‘ishamol mahallasi hududida sodir bo‘lib, Sariosiyo tumanida yashovchi 1991 y.t. D.S.  Denov tumanida yashovchilar 2003 R.G. va X.N. ismli ayollar o‘rtalarida avvaldan mavjud bo‘lgan nizolari yuzasidan, o‘zaro janjallashib, D.S.ni mahalla hududida urib tan jarohati yetkazishgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

Text to speech