Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "uzun tumanida noma'lum shaxsning murdasi topildi" sarlavhasi ostidagi maqola yuzasidan rasmiy munosabat:
Uzun tumani Markaziy shifoxonasining 2021 yil 6 may kunidagi xabarga ko'ra, 6 may kuni soat 05.45 da, Sariosiyo tumanida yashagan, (marhum) fuqaro M.R. tumanning "O'zbekiston" mahallasi hududida, (sud tibbiy ekspertizasining 2021 yil 6 may kunidagi xulosasiga ko'ra, yurak infarkt miokardi, bronxolnevmoniya, pielonefrit, jigarda serrozning boshlanishi, alkogoldan zaharlanish oqibatida) vafot etgani aniqlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda uzun tumani markazidagi ko'prik atrofidan noma'lum shaxsning murdasi topilgani to'g'risida tarqalgan xabarda noto'g'ri ma'lumot tarqatilgan. Shu kuni vafot etgan marxum M.R.ning shaxsi aniq bo'lib, uning o'limi surunkali kasalligi sababli to'satdan vafot etganini ma'lum qilamiz.
Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga mazkur tarmoqlar orqali turli mavzudagi noto'g'ri ma'lumotlar ham tarqalayotganini ma'lum qilib, ulardan noxolis, noto'g'ri xabarlarga ishonmaslik hamda ortiqcha vahimaga berilmaslikni so'raymiz.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati