5 May 2021 yil 1501

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan dastlabki ma'lumotiga ko'ra "Qumqo'rg'on tuman IIB boshlig'ining o'rinbosari o'z joniga qasd qilgan" sarlavhasi ostidagi maqola yuzasidan rasmiy munosabat:

Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumani IIB boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan, pensiyadagi podpolkovnik Rustam Sirojiddonovning o'limi haqidagi ma'lumot yuzasidan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi shuni ma'lum qiladi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilgan sobiq xodimi podpolkovnik R.Sirojiddonov Surxondaryo viloyati IIBning 2021 yil 28 yanvar kunidagi shaxsiy tarkib bo'yicha 5-son buyrug'i bilan "ichki ishlar organlarida xizmatni o'tash tartibi to'g'risida"gi Nizom talablarining 144-bandining "v" kichik bandiga muvofiq (pensiya olish huquqini beradigan xodimning bildirgisi asosida) ichki ishlar organlaridan Qurolli kuchlar rezerviga bo'shatilganligini ma'lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech