Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryoda uch og'ayni zo'ravon Botirga qolganga qonun oqsab qoldimi?"- sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat:
Viloyat IIBning mas'ul xodimlari tomonidan ushbu videomurojaat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
To'plangan hujjatlarga ko'ra, Jarqo'rg'on tumanida yashovchi fuqaro K.Elmurodning olgan tan jarohati yuzasidan tuman shifoxonasining xabarnomasiga ko'ra, 2021 yilning 25 mart kunida Jarqo'rg'on tumanidagi mol bozori yonida o'ziga oldindan tanish bo'lgan shu tumanda yashovchi N.S. o'rtasida yuzaga kelgan janjal vaqtida K.Elmurodning jag'sohasiga qo'llari bilan urib, unga qasddan tan jarohati etkazganligi aniqlangan.
Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy amaliy markazi Surxondaryo filiali Jarqo'rg'on punktining 2021 yil 9 aprel kunidagi sudga oid tibbiyot xulosasiga ko'ra, K.Elmurodning badanidagi olgan tan jarohati, "o'rtacha og'irlikdagi tan jarohatlari" deb baholangan.
Mazkur holat yuzasidan 2021 yilning 15 aprel kunida N.S.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirgi kunda, jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati