26 May 2021 yil 467

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryoda deputatni tayoq bilan kaltaklashdi. Xalq demokratik partiyasi o'z vakilini himoya qilib, Bosh prokuratura va IIVdan holatni nazoratga olishni so'radi" mavzusida tarqalgan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat:

Mazkur holat Boysun tumani ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
2021 yil 14 aprel kuni soat 10:30 larda Boysun tumani "Inkobod" mahallasida yashovchi fuqaro J.O'ktam va q.Abdurahmonlar yashash mahallasi hududida joylashgan "Aslanbek eksklyuziv bog'lari" MChJga qarashli erda Boysun tuman "hunarmadlar" mahallasida yashovchi fuqaro M.Abduvahob hamda M.Abdulhamidlar ilgaridan davom etib kelayotgan er maydoni ustida tortishib janjalashib, janjal vaqtida bir-birlarini qasddan urib tan jarohat etkazishgan.
Natijada, fuqaro J.O'ktam, Q.Abdurahmon, M.Abduvahob va M.Abdulhamidlar tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilishgan.
Respublika sud-tibbiyot ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialining 2021 yil 19 aprel kunidagi xulosasiga ko'ra fuqaro J.O'ktam "o'rtacha og'irlikdagi" tan jarohati, fuqaro M.Abduvahob "sog'liqning buzilishiga sababchi bo'lgan engil" tan jarohati, M.Abdulhamid esa "engil" tan jarohati olishgan.
Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan 2021 yilning 21 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilgan, tergov harakatlari jarayonida J.O'ktamni M.Abdulhamid va M.Abduvahoblar bir guruh bo'lib tan jarohati etkazishganligi bo'yicha 2021 yilning 30 aprel kunida ijtimoiy tarmoq orqali rasmiy munosabat bildirilib, ommaga ma'lum qilingan edi.
Jinoyat ishi bo'yicha o'tkazilgan tergov harakatlari natijasiga ko'ra fuqarolar M.Abduvahob va M.Abdulhamidlarga nisbatan muqaddam e'lon qilingan ayblov Jinoyat kodeksining 105-moddasi
2-qismi "v,g,i" bandlari bilan to'ldirilgan, shuningdek fuqaro u.Muhammadievga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-modda 2 - qismi bilan ayblov e'lon qilingan.
Mazkur jinoyat ishi bo'yicha 2021 yilning 25 may kuni tergov harakatlari tomomlanib, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat prossesual kodeksining 381-moddasi tartibida ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun Boysun tuman prokuraturasiga yuborilganligi ma'lum qilinadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech