11 Iyun 2022 yil
1159
Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida IIB xodimlari tadbirkorga nisbatan kuch ishlatmoqda” sarlavhali videotasvirlar tarqalmoqda.
Ma’lum qilamizki, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining 2022 yil 2 fevral kunidagi “Noqonuniy qurilishlarni majburiy tartibda buzdirish” hamda “Noturar yer maydonidan chiqarish haqida”gi sud qarori hamda MIB Oltinsoy tumani bo‘limining ijro hujjatiga asosan MIB Oltinsoy tuman bo‘limi, tuman IIB hamda tegishli tashkilotlardan iborat ishchi guruh, joriy yilning 8 iyun kuni soat 10:00da majburiy ijro harakatlari belgilangan joyga borishganida, javobgarlar ijro harakatlari bajarilishiga to‘sqinlik qilib, xodimlarni harakatlariga faol qarshilik ko‘rsatib, ma’sullarga tosh va g‘isht bo‘laklarini otishgan.
Natijada jamoat tartibini buzib, davlat organlari xodimlariga tan jarohati yetkazgan to‘rt nafar fuqaro majburiy tarzda tuman IIBga olib borilib, ularga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati