16 May 2021 yil 488

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumani Oqqamar mahallasida yashovchi fuqaroning uyining ichida zo'ravonlik va bosqinchilik bo'lishiga qaramasdan profilaktika inspektori ma'muriy ish ochib sudga oshirmoqchi. Aslida, qasddan qilingan zo'ravonlik va bosqinchilik harakati jinoiy ish ochilishiga sabab bo'lmaydimi? sarlavhasi ostida tarqalgan videomurojaat yuzasidan rasmiy munosabat:

Sho'rchi tumani IIBning mas'ul xodimlari tomonidan ushbu videomurojaat yuzasidan o'rganish ishlari olib borilganida quyidagilar ma'lum bo'ldi.
2021 yilning 1 may kuni soat taxmianan 18-00 larda Sho'rchi tumani "Oqkamar" mahallasida yashovchi Z.D. ko'chada turgan vaqtida, mahalladoshi T.A. o'ziga tegishli bo'lgan KAMAZ rusumli yuk avtomashinasi bilan to'proq ortib ketayotgan vaqtida, uni to'xtatib, ko'chaga tuproq to'kmasdan sekin haydashini aytganida, T.A. boshqa ko'cha yo'qligini shu ko'chadan o'tishini aytgan vaqtida, ikkalasi og'zaki tortishib qolgan vaqtida, T.A. yuk avtomashinasini haydab ketadi va haydagan vaqtida Kamazga ortilgan tuproq ko'chaga ozroq miqdorda to'kilishi natijasida o'rtasida o'zaro janjal kelib chiqadi.
Kelib chiqqan janjal oqibatida T.Anvar, T.Alisher, T.Akbar hamda Dj.B va Z.Dj.lar bir birlarini urib tan jarohati etkazishganligi holati bo'yicha kasalxonaga murojaat qilishgan.
Mazkur holat yuzasidan janjal ishtirokichlariga nisbatan tan jarohati bor yoki yo'qligi hamda tan jaroxatining og'irlik darajasini aniqlash yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan bo'lib, Sho'rchi tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Kelgusida tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasiga ko'ra qo'shimcha axborot berish ta'minlanadi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech