Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryo viloyat IIB boshlig'i Abduvahob Ismailov (Abduvohid Ismoilov) amaliy yordam bering!"sarlavhasi ostida tarqalgan murojaat yuzasidan rasmiy munosabat:
Surxondaryo viloyati Sho'rchi tuman to'la mahalasidan To'rakulov Shuhrat tomonidan "Sho'rchi tumanidan o'tuvchi M:41 yo'llida 1— iyun kuni Damas rusumli davlat belgisi 75N285.LA 8 oylik buzog'imni urib ketib, oyoklarini sindirib qochib ketdi. Shu masalada Sho'rchi tuman IIBga bir nechi bor murojaat qilsam ham natija bo'lmadi. 19 kundan buyon sarson sargardonman. Shu masala bo'yicha Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i Abduvahob Ismailov amaliy yordam berishingizni so'rayman!-degan murojaat ijtimoiy tarmoqlar orqali keng tarqaldi.
Mazkur murojaat yuzasidan, Sho'rchi tumani IIB mas'ul xodimlari tomonidan o'rganish ishlari davomida quyidagilar aniqlandi.
2021 yilning 1 iyun kuni soat 10-00 larda Sho'rchi tumani "Oftobmakon" mahallasida yashovchi fuqaro Mirzaev Fayzulla o'zining boshqaruvidagi Damas rusumli 75 N 285 LA davlat belgili avtomashinasi bilan Sho'rchi tumani "to'la" maxallasi xududidan o'tuvchi M-41 avtomobil yo'lining 1502-kilometrida harakatlanib kelib, yo'lning o'ng tomonidan chap tomoniga o'tayotgan shu maxallada yashovchi fuqaro To'raqulov Shuxratga tegishli bo'lgan
8 oylik buzoqni avtomashinasining old qismi bilan turtib yuborib yo'l transport hodisasini sodir etgan.
Ushbu yo'l transport hodisasi sodir etgan xaydovchi F.Mirzaev shu vaqtning o'zida buzoq egasi Sh.To'raqulov bilan zararni qoplash bo'yicha o'zaro kelishib, hodisa sodir bo'lgan joydan hechkimga (huquqtartibot idoralariga ham) murojaat qilmasdan yashash uylariga ketishadi.
Sh.To'raqulov etkazilgan zararni undira olmaganligi sababli
2021 yil 6 iyun kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
Mazkur holat yuzasidan, hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari tuman IIB YHXB tomonidan olib borilayotganligi aniqlandi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati