Ijtimoiy tarmoqlarda "#murojaat men, Xannaeva Aysaat "Xannaeva Aysaat" f/x boshlig'iman. Muzrabot IIB xodimi Ergashev To'ra, 10 iyun kech soat 22-23 lar oralig'ida kombaynni boshqa xududga olib ketish maqsadida 2gektar gallani majburan o'rdirdi. Qarshiligimga qarmay, majburiy gruppa chakirdi . Kanbayn bug'doyni faqat yanchib ketibdi xirmonga qatta zarar etkazdi. Boshoqni ko'rsatsam ham Ergashev To'ra quloq solmay majburiy g'allani o'rdirishni buyurdi. Bu borada mutasaddi rahbarlardan xolat yuzasidan tekshiruv olib borib menga etkazilgan zararlar to'liq qoplanishini ta'lab qilaman."sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan:
Muzrabot tumani IIB mas'ul xodimlari tomonidan quyidagilar aniqlandi.
Muzrabot tumani "at-Termiziy" mahallasida yashovchi A.Xannaeva "Xannaeva Aysaat" fermer xo'jaligi rahbari bo'lib, u bir necha yillardan buyon o'zining fermer xo'jaligida dehqonchilik bilan shug'ullanib keladi.
"G'alla-2021" mavsumida fermer xo'jaligi tarkibida 42 ga er maydonida g'alla ekini ekilgan bo'lib, tumanda tuzilgan 3415-sonli g'alla o'rimi otryadi 2021 yilning 7 iyun kunida A.Xannaevaga qarashli er maydonida bir dona o'rim kombayni bilan g'alla o'rimini boshlagan. Ushbu o'rim otryadi rahbari tuman suv oqova raisi I.Turdiqulov, tuman IIBdan mas'ul etib XPB Probasiya xizmati inspektori leytenant T.Ergashevlar tayinlangan.
2021 yilning 10 iyun kunida ushbu fermer xo'jaligida g'alla o'rimini yakunlagach, davlat rejasi bo'yicha 136 tonna g'alla topshirish kerak bo'lsada, lekin fermer xo'jaligi davlatga 99 tonna 90 kg g'alla topshirgan, davlat rejasining 36 tonna 100 kg miqdorini bajaraolmaydi. O'rimning oxirgi kuni fermer xo'jaligi rahbari A.Xannaeva va uning ishchilari davlat rejasini bajarmasdan, g'alla omboriga yuboriladigan kamaz ichidan 480 kg bug'doyni "xalta"larga joylab talon taroj qilishganligi aniqlangan.
Shundan so'ng, g'alla otryadi mas'ullari tomonidan mazkur holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda chora ko'rish uchun Milliy gvardiya huzuridagi, Muzrabot tuman qo'riqlash bo'limi xodimlariga o'tkazib berishgan.
Ushbu holat bo'yicha, Milliy gvardiya huzuridagi Muzrabot tuman qo'riqlash bo'limi xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 61-moddasi bilan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Shu kuni A.Xannaeva taxminan 1,5 ga er maydonidagi o'rilmasdan qolgan g'allani o'rdirishga qarshilik qiladi. Shunga qaramasdan kechki soat 20:00larda A.Xannaevaga tegishli fermer xo'jaligining 1,5 ga er maydonidagi g'allasi o'rdirilib, tuman g'alla omboriga topshiriladi.
Shundan so'ng fermer xo'jaligi rahbari A.Xannaeva bu holatdan norozi bo'lib, tuman ichki ishlar bo'limidan mas'ul etib biriktirilgan T.Ergashevga "senlarning ham aybing bor-ku, ko'rasan hali!"-deb, g'alla maydonini o'zining qo'l telefonida foto suratga tushirgan.
Ushbu holatdan norozi bo'lgan A.Xannaeva tomonidan tuman IIB xodimi T.Ergashev kechki vaqt g'alla maydonini mening qarshiligimga qaramasdan majburiy tartibda o'rdirganligi sababli xirmonga zarar etdi hamda bug'doyni kombayn yanchib ketdi"-deb, ijtimoiy tarmoqlarga joylaganligi ma'lum bo'ldi.
Mazkur holat yuzasidan, hozirgi kunda Milliy gvardiya huzuridagi Muzrabot tuman qo'riqlash bo'limi tomonidan O'zbe MJTKning 61 moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka oid ish qo'zg'atilib, tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, Muzrabot tumani IIB xodimi T.Ergashevning hatti-xarakatlari yuzasidan Muzrabot tumani IIB tomonidan idoraviy xizmat tekshiruvi o'tkazilayotganligi ma'lum bo'ldi.
Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati