8 Iyun 2022 yil 326

Ijtimoiy tarmoqlarda “Bu voqea kecha sariosiyoning yoshlar bog‘ida bo‘lganligi aytilmoqda qonuniy chora ko‘rishingizni so‘rab qolamiz” sarlavhali video murojaat yuzasidan rasmiy munosabat

2022 yilning 07 iyun kuni viloyat IIBning 102 telefon raqamiga kelib tushgan Sariosiyo tumani “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi fuqaro Y.F.ning murojaati yuzasidan tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilganda, joriy yilning 07 iyun kuni soat 19:02 larda Sariosiyo tumani “Yoshlar bog‘ida” fuqaro Y.F. va turmush o‘rtog‘i B.I. hamda R.O.lar o‘zaro kelishmovchilik sababli bir-birini haqorat qilib urib tan jarohati yetkazganligi, janjal vaqtida B.I. qo‘lida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan bir necha marotaba fuqaro R.O.ni urib tan jarohati yetkazishga uringani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, fuqarolar Y.F. va turmush o‘rtog‘i B.I.lar fuqaro R.O.ni uni savdo nuqtasi oldida fuqarolarni fotosuratga olib yurganligi sababli janjal kelib chiqqan.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzulib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lum qilamiz.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech