13 Iyun 2020 yil 623

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bandixon tumani "farovon" mahallasi inspektorining tosh va shag'al toshlarni o'z manfaati yo'lida foydalanishga qarshilik ko'rsatganligi uchun fuqaroga kuch ishlatganligi" mazmunida video tarqalganligi yuzasidan rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryo viloyati Bandixon tumani "farovon" mahallasi inspektorining fuqaroga nisbatan kuch ishlatgani, fuqaro tosh va shag'alning inspektor shaxsiy manfaatlari yo'lida foydalanishiga qarshilik ko'rsatgani uchun, inspektor tomonidan kuch ishlatilgan"ligi ta'kidlangan video tasvir yuazidan Bandixon tumani ichki ishlar bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan o'rganilganida quyidagilar aniqlandi.
Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 23 mart kunidagi №PQ 4649-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 mart kunidagi №176-sonli qarori, hamda Bandixon tumani hokimining 2020 yil 31 mart kunidagi K-72-sonli qarorlari yuzasidan karantinli va inson hayoti uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishining oldini olish maqsadida, Bandixon tumani "farovon" mahallasi hududida Bandixon tumani IIB HPB TP profilaktika inspektori A.Muhammadiev tomonidan 2020 yilning 4 iyun kunida xizmat hududi "farovon" mahallasida yashovchi fuqaro Yunusov Ulug'bek Omondavlat o'g'li tumanning "Bahoriston" maxallasi hududidagi katta ko'chada karantin vaqtida himoya niqobisiz harakatlanib kelayotganligi aniqlanib, unga nisbatan O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning 54-moddasi 1-qismiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtiradi.
Karantin qoidasini buzgan fuqaro Yunusov Ulug'bekning otasi Abdullaev Omondavlat, akasi Abdullaev Otabek va turmush o'rtog'i Yunusova maxliyolar 2020 yil 5iyun kuni ertalab taxminan soat 09.00 lar chamasida "farovon" mahallasida joylashgan profilaktika inspektorining xizmat uyi yoniga kelishib, profilaktika inspektori A.Muxammadievni xizmat uyida yo'qligini vaj qilishib video tasvirga oladi.
2020 yil 10 iyun kuni profilaktika inspektori A.Muhammadiev "farovon" mahallasi hududida fuqaro Yunusov Ulug'bekni uchratib undan "nima maqsadda xizmat uyini video tasvirga olganligi"ni so'raganida fuqaro u.Yunusov, turmush o'rtog'i Yunusova Maxliyo va akasi Abdullaev Otabeklar bilan profilaktika inspektori A.Muxammadievga "nimaga protokol (ma'muriy bayyonnoma) tuzding" deb tarmashib ketishgan, shundan keyin profilaktika inspektori A.Muxammadiev xizmat faoliyatini davom ettirish maqsadida "farovon" maxallasi binosining yoniga borgan vaqtida ko'chada fuqaro Yunusov Ulug'bekning otasi Abdullaev Omondavlat va uning turmush o'rtog'i Almanova Oybaxorlar kelib profilaktika inspektori A.Muxammadievga xar xil gaplarni gapirib, suniy ravishda tortishuvni keltirib chiqarganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan hozirda Bandixon tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotganligi ma'lum bo'ldi.
Ushbu holat yuzasidan, Bandixon tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari yakuni bilan qo'shimcha ma'lum qilinadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech