18 May 2023 yil 214

“Qiynoqqa solishga qarshi kurash: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2023-yil 8-ferval kunidagi 2/2-249-sonli ko‘rsatmasiga asosan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi, jazoni ijro etish muassasasi hamda viloyat prokuraturasining xodimlari bilan “Qiynoqqa solishga qarshi kurash: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida sayyor o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv yig‘inida xodimlarga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muxofoza qilish akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi davlat va huquq instituti, IIV Akademiyasi hamda IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va mutassadi xodimlari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

O‘quv yig‘inini tashkil etishdan asosiy maqsad, xodimlarga “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar”, “Qiynoq hamda muomila va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun-mohiyati”, “Qiynoqqa solishga qarashi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar”, “O‘zbekiston Respublikasi jinoiy-huquqiy tizimida mazkur standartlarning qo‘llanilishi”, “Voyaga yetmaganlar va ayollarga oid xalqaro va milliy standartlar”, “Ushlab turish, qamoqqa olishga oid xalqaro standartlar,  mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari”, “Qiynoqqa solish jinoyati uchun javobgarlik masalalari” hamda “Qiynoqqlarning oldini olishga oid milliy preventiv mexanizmlar: xalqaro tajriba va milliy amaliyot”ning mazmuna-mohiyatini yetkazishdir.

O‘quv yig‘ini yakunida sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshiriladi.

Text to speech