“Qiynoqqa solishga qarshi kurash: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida ikki kunlik sayyor o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.
Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2023-yil 7-ferval kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari
sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son qaroriga
muvofiq, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv, tergovga
qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi, jazoni
ijro etish muassasasi hamda viloyat prokuraturasining xodimlari bilan “Qiynoqqa
solishga qarshi kurash: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida ikki kunlik
sayyor o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.
Tashkil etilgan o‘quv yig‘inidan
ko‘zlangan asosiy maqsad, xodimlarga “Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlar”,
“Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni
kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun-mohiyati”, “Qiynoqqa solish bilan
bog‘liq qilmishlar sodir etilishini oldini olishga oid qonunchilikning rivojlanishi”,
“Qiynoqqa solish uchun javobgarlik masalalari”, “O‘zbekistonda jazoni ijro etish
tizimini isloh qilish jarayonlari va mahkumlar huquqlari”, “Ushlab turish, qamoqqa
olishga oid xalqaro standartlar, mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari”,
“Nelson Mandella qoidalarining mazmun-mohiyati” hamda “Yangilangan Nelson Mandella
qoidalari”ning mazmun-mohiyatini yetkazishdir.
O‘quv yig‘inini viloyat IIB boshlig‘i
o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Shadiev kirish so‘zi bilan ochib, tadbir qatnashchilariga
taklif qilingan professor-o‘qituvchi va mutasaddi xodimlarni tanishtirdi va mazkur
sayyor o‘quv yig‘ini muhtaram Prezidentimizning qarorlari asosida tashkil etilganligini
ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, o‘quv yig‘iniga
tashrif buyurgan mutasaddilar so‘z olishdi.
O‘quv yig‘ini ochilishida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari,
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal
Saidov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshevning “online”
murojaatlari tinglandi.
Mazkur o‘quv yig‘inida, xodimlarga
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofoza qilish akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
davlat va huquq instituti, IIV Akademiyasi hamda IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari
va mutassadi xodimlari tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv yig‘ini ishtirokchilari
o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.
Tashkil etilgan ikki kunlik o‘quv yig‘ini yakunida,
sayyor o‘quv yig‘inida faol ishtirok etgan hamda sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan
xodimlarga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan
belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.