“Qiynoqqa solishga qarshi kurash: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida sayyor o‘quv yig‘inlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-ferval kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi
Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-son
qaroriga muvofiq, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarining tezkor-qidiruv,
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov faoliyatini amalga oshiruvchi,
jazoni ijro etish muassasasi hamda viloyat prokuraturasining xodimlari bilan “Qiynoqqa
solishga qarshi kurash: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzusida sayyor o‘quv
yig‘inlari tashkil etildi.
Mazkur
o‘quv yig‘inida xodimlarga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy
markazi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muxofoza qilish akademiyasi, O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi davlat va huquq instituti, IIV Akademiyasi hamda
IIV Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari va mutassadi xodimlari tomonidan
o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
O‘quv
yg‘inini tashkil etishdan asosiy maqsad, xodimlarga “Inson huquqlari sohasidagi
xalqaro standartlar”, “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka
zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiyaning mazmun-mohiyati”,
“Qiynoqqa solish bilan bog‘liq qilmishlar sodir etilishini oldini olishga oid qonunchilikning
rivojlanishi”, “Qiynoqqa solish uchun javobgarlik masalalari”, “O‘zbekistonda jazoni
ijro etish tizimini isloh qilish jarayonlari va mahkumlar huquqlari”, “Ushlab turish,
qamoqqa olishga oid xalqaro standartlar, maxbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari,
mahbuslar huquqlarini ta’minlash kafolatlari”, “Nelson Mandella qoidalari”ning mazmun-mohiyati
hamda “Yangilangan Nelson Mandella qoidalari”ning mazmun-mohiyatini yetkazishdir.
O‘quv yig‘ini yakunida sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan
xodimlarga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan
belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilgan.