25 Dekabr 2024 yil 913

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti mas’ullari Surxondaryoda o‘rganishlar olib bormoqda

Surxondaryo viloyati hududida "Yangi yil" bayrami va bayram oldi ommaviy tadbirlarni ko‘tarinki ruhda, xavfsiz o‘tkazilishini taminlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa hamkor tashkilotlar xodimlari tomonidan kunu-tun xizmat olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti mas’ullari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurib,viloyat IIB sohaviy xizmat rahbarlari bilan birgalikda  “Yangi yil” bayramiga tayyorgarlik ko‘rilishi hamda bayramni o‘tkazish mobaynida jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha shahar-tumanlardagi ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylar hamda Yangi yil archasi atrofida ko‘rilgan xavfsizlik chora-tadbirlari, xizmatga jalb etilgan xodimlarning faoliyati hamda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida "Yangi yil" bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda shaxsiy xavfsizlikni ta’minlagan holda bayramni tinch va osoyishta o‘tkazilishini ta’minlash hamda turli ko‘ngilsiz hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Text to speech