24 Fevral 2024 yil 426

IIV Jamoat xavfsizligi departameni Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i polkovnik B.E.Berdialiev Surxondaryo viloyatidagi ijtimoiy profilaktika holatini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i polkovnik B.E.Berdialiev,  Surxondaryo viloyat IIB boshlig‘i polkovnik T.K.Ismailov  hamda viloyatdagi idora va tashkilot mas’ullari ishtirokida vohadagi ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida amalga oshiriliayotgan ishlar samaradorligini o‘rganildi. Dastlab, Termiz shahrining “Guliston” hamda “Do‘stlik” mahallalarida joylashgan tayanch punktlariga tashrif buyurildi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i B.E.Berdialiev tomonidan profilaktika inspektori va mahallaga biriktirilgan “mahalla yettiligi” faoliyati, ularga biriktirilgan yoshlar ro‘yxati, ijtimoiy profilaktika yo‘nalishi bo‘yicha berilgan xulosalar holati  ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birgalikda bahor mavsumi yaqinlashib kelayotganligi munosabati bilan shahar hududini obodonlashtirish, mahalla hududlarida aholi bilan hashar ishlarini olib borish va bir qator sohani rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ham belgilab berildi.  

Keyingi manzil Angor tumanining “Yangi turmush” mahallasida joylashgan   3-sonli huquq-tartibot maskani hamda “Novshahar” mahallasida joylashgan  47-sonli tayanch punkti bo‘ldi. Asosan, mahalla hududida yoshlar bilash ishlash dasturini yanada jadallashtirish, hududda jamlangan uyuushmagan yoshlarga xulosalar berish orqali ularni birlashtirish, to‘g‘ri yo‘lga qaytarish hamda yoshlarning muammolarini alohida o‘rganish, profilaktika inspektorining faoliyati davomida tuman hokimi bilan jinoyatchilikni oldini olish borasida hisobot uchrashuvlarida mahalla yettiligi rahbarlari qatnashishi, shu orqali aholi orasiga kirib borish haqida ko‘rsatmalar berildi.

Xuddi shunday Muzrabot tumanidagi “Yangi hayot” va “Yo‘lchi” mahallalaridagi tayanch punktlarida jinoyatchilikkka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ishlarning tahlili ko‘rib chiqildi. Hududda mavjud bo‘lgan mingga yaqin yoshlarning mas’ullarga biriktirilganligi nazorati, uma-uy yurish tartibini yanada jadallashtirish borasida bir qator vazifalar yuklandi.

Shu bilan birgalikda, tumaninig “Yo‘lchi” mahallasida o‘zining ish faoliyatini olib borayotgan mahalla profilaktika inspektori Q.Mo‘minov mahallada keng ko‘lamli o‘zgarishlarni amalga oshirib kelayotganligi sababli Viloyat IIB rahbariyati tomonidan rag‘batlantirish choralari ko‘rilishi belgilandi.

Sho‘rchi tumanida ham uyushmagan yoshlarga nemis, ingliz va rus tillarini o‘rgatish markazi, tibbiyot birlashmasiga qarashli Sho‘rchi hamda Oltinsoy tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi 10 o‘rinli Narkologiya dispanseri faoliyati bilan yaqindan tanishilib, ushbu maskanda aniqlangan muammo va kamchilliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

“Navro‘z” mahallasida joylashgan tibbiyot birlashmasiga qarashli mast holatdagi bemorlarni vaqtincha qabul qilish bo‘limi sharoitlari hamda ish faoliyatini olib borish sifati ham ishchi guruh vakillari tomonidan ko‘zdan kechirildi. Ushbu bo‘limning asosiy vazifasi spirtli ichimlik ichgan fuqarolarning barchasiga xizmat ko‘rsatadi. Bo‘lim 13 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, ayollar, erkaklar va chet el fuqarolari uchun maxsus xonalar ajratilgan. Bo‘limga faqatgina Oltinsoy va Sho‘rchi tumanlari maxsus toifadagi fuqarolar qabul qilinishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Denov tumanidagi “Namozgoh” mahallasida ham aholi tinchligini saqlash, xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rilgan bo‘lib, profilaktika inspektori mahalla faollari bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib borayotgani natijasida hududda birorta ham jinoyat sodir etilmagan. O‘rganish jarayonida mazkur mahalladagi profilaktik ishlar bilan ham yaqindan tanishilar ekan, mahalla raisi va xotin qizlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisiga besh million so‘mdan, mahalla profilaktika inspektoriga 1 dona kompyuter jamlanmasi hamda mahalla yoshlari uchun 500 ta kitob jamlanmasi rag‘batlantirish tariqasida berildi.

“Quyoshliyurt” mahallasida joylashgan “Mono markaz” ham e’tibordan chetda qolmadi. U yerda nemis tilini o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbat o‘tkazildi.shundan so‘ng, polkovnik B.E.Berdialiev hududdagi “Ozod” mahallasida joylashgan Alkogolli mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punkti faoliyati va undagi sharoitlar bilan tanishib, u yerdagi spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar bilan profilaaktik suhbat o‘tkazdi. Tibbiyot xodimlari va biriktirilgan mas’ullarga esa tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

O‘rganishlar davomida Denov tumanida jinoyatga yo‘l qo‘ymagan mahalla faollari alohida rag‘batlantirildi.

Navbatdagi manzil Oltinsoy tumani bo‘ldi. IIV JXD huquqbuzarliklar profilaktika boshlig‘i polkovnik B.E.Berdialiev tumandagi “Xalqabod” maxallasi yettiligi bilan uchrashib, ular bilan ijtimoiy prafilaktika jarayonlari bo‘yicha suhbat o‘tkazdi. “Xalqabod” maxallasida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Sh.S.Ziyoevning xizmat xonasidagi shart-sharoitlar bilan tanishib, profilaktika inspektoriga huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishi bo‘yicha profilaktika inspektorlarining vaqtlarini tejash maqsadida xozirgi kunda amalga oshirilgan elektron tizimlar haqida tushuncha berdi.

Text to speech