21 Dekabr 2022 yil 432

IIV o‘rinbosari tomonidan aholiga yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

Avval xabar qilganimizdek, respublikamizda qor yog‘ib, ob-havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida fuqarolarning yo‘llarda harakatlanishi, gaz, elektr-energiya, yoqilg‘i va boshqa masalalar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelishi oqibatida fuqarolarimizning yashash va turmush-tarziga bir-muncha qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.

 Surxondaryo viloyati hududida istiqomat qiluvchi aholining muammolarini zudlik bilan o‘rganib, hal etish va fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyatiga Respublikadan mas’ul etib biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Nishanbaev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Xuddi shunday aholi muammolarini o‘rganish va fuqarolarga yordam ko‘rsatish maqsadida, viloyatda tashkil etilgan “Tezkor shtab”da har kunlik navbatchilik tashkil qilinib 1055 qisqa raqami orqali aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilning 1 dekabrdan hozirgacha viloyat bo‘yicha jami 6 665 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib bartaraf etildi.

Mahallalarda aholining noroziligini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha ishchi guruh xodimlari aholi orasida profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda, bunda elektr energiya va gaz ta’minotidagi vaqtinchalik uzilishlar reja grafigi mahallalar kesimida ishlab chiqilib ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali oldindan xabardor qilish ishlari yo‘lga qo‘yilganligi, o‘tkazilgan profilaktik tushuntirish ishlar olib borilishi oqibatida mahallalarda shu kunga qadar aholining noroziligini keltirib chiqaruvchi holatlarning oldi olindi.

Shuningdek, hududlarda o‘tkazilgan tezkor profilaktik hamda tezkor tadbirlarda jami 225 ta holatda qonun buzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, shundan elektr energiya va tabiiy gaz bilan bog‘liq 56 ta holatda ma’muriy, 12 ta holatda esa jinoiy javobgarlikka tortish choralari ko‘rildi.

Vazir o‘rinbosari S.Nishanbaev  tomonidan aholining murojaatlarini o‘rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida mahallalarga kunlik borib halq bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari ijtimoiy soha obe’ktlari, ko‘mir omborlari, issiqxonalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shaxobchalari va bozor hududlarida tashkil etilgan arzonlashtirilgan Savdo yarmarkalarida aholiga yaratilgan qulayliklar bilan tanishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan sektor rahbarlari va mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berilmoqda.

Ishchi guruh tomonidan shahar-tuman hududlarida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech