IIV tomonidan otaliqqa olingan Termiz shahridagi 7 sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’mirlash ishlari izchillik bilan davom etmoqda.
Avval xabar qilganimizdek, Termiz shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid faoliyatini takominlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-110-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan edi.
Mazkur qarorda belgilab berilgan ya’ni, o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkorlik va milliy vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishini barvaqt oldini olish,
shuningdek, maktabda oliy ta’lim qamrovi va bandlik darajasini oshirish yuzasidan
amalga oshiriladigan ishlarni samarali tashkil etish bilan birga ushbu ta’lim dargohida
o‘quvchilarning zamon talablari asosidagi shart-sharoitlarda ta’lim va tarbiya topib
kamolga yetishi maqsad qilingan.
Shu boisdan, Ichki ishlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan Termiz shahridagi
7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining binolari, sinfxonalari, sport zallarini
zamon talablari asosida ta’mirlash ishlari izchillik bilan olib borilmoqda.
Bundan tashqari, ushbu maktab serqatnov yo‘l yoqasida joylashganligi uchun yo‘llarga maxsus qavariqli piyodalar o‘tish yo‘laklari qurilib, zamonaviy svetaforlar o‘rnatildi.