7 Fevral 2022 yil 424

IIV Surxondaryo akademik litseyida "Yangi O'zbekistonni korruptsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat darsi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 5-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida "Yangi O'zbekistonni korruptsiyadan holi mamlakatga aylantirishda birlashaylik" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat darsi bo'lib o'tdi.
Dars jarayonlari IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik B.Bo'riev hamda akademik litsey direktorining ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik A.Nurkeldiev va Jarqo'rg'on tuman IIB ekspert kriminalistika guruhi katta eksperti kapitan A.Nurmatovlar tomonidan olib borildi.
Unda korruptsiya omillari, uni bartaraf etish yo'llari hamda jinoyatchilikni fosh etish usullari bo'yicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, korruptsiyaning salbiy oqibatlari aks etgan videoroliklar va taqdimotlar shaxsiy tarkib e'tiboriga havola etildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech