10 Dekabr 2021 yil
401
IIV Surxondaryo akademik litseyida, "Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon" shiori ostida tadbir o'tkazildi.
Joriy yilning 10-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida, O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan "Ulug'xalq qudrati jo'sh urgan zamon" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni akademik litsey direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik A.Nurkeldiev kirish so'zi bilan ochib berdi.
Tadbirda o'quvchilar tomonidan tayyorlangan she'riy va musiqali chiqishlar namoyish etildi. Bundan tashqari, Jarqo'rg'on tuman madaniyat xonandasi M.Xolyorov tomonidan Vatan madhini tarannum etuvchi qo'shshiqlar ijro etildi.