12 May 2023 yil 205

IIV Surxondaryo Akademik litseyida "UCH AVLOD UCHRASHUVI" bo‘lib o‘tdi!

Joriy yilning 8-may sanasida IIV Surxondaryo akademik litseyda "Bu buyuk Vatanda inson ulug‘ qadr muqaddasdir" shiori ostida, Ma’naviyat oyligi doirasida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi. Tadbirda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik A.Sharafutdinov, faxriylar kengashi a’zolari va IIB xodimlari hamda akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi. Faxriylarimiz urush davridagi o‘zbek xalqining qahramonligi va Vatan uchun jonini fido qilgan urush qatnashchilarini xotirladilar. Shuningdek, o‘zlari xizmat faoliyati davomida ko‘rgan kechirganlari to‘g‘risida so‘zlab berdilar. Shundan so‘ng "9-may Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan tadbir bilan davom ettirildi. Tadbirda o‘quvchilar o‘zlarining ajoyib kuy va qo‘shiqlarini namoish etishdi. Tadbir so‘ngida litsey o‘quvchilari faxriy yorliqlar hamda kitoblar bilan taqdirlandilar.

Text to speech