29 Noyabr 2021 yil 459

IIV Surxondaryo akademik litseyida, "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati va uning ichki ishlar organlari uchun ahamiyati" mavzusida seminar-mashg'uloti o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining IIVning 2021 yil 9 noyabr kunidagi farmoyishiga asosan joriy yilning 15 noyabr kunidan 15 dekabr kuniga qadar "Kasbiy tayyorgarlik" oyligi davomida IIV Surxondaryo akademik litseyi o'quvchi-yoshlari bilan vazirlik malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Qiziqarli savol javoblarga boy davra-suhbatida IIV Surxondaryo akademik litseyi o'quvchi-yoshlariga "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati va uning ichki ishlar organlari uchun ahamiyati" mavzusida seminar-mashg'uloti ham o'tkazilib, mazkur seminar-mashg'ulotida o'quvchi-yoshlar korrupyiyaga qarshi kurashish borasida o'zlarining bilim va ko'nikmalarini o'rtoqlashib, mutaxassislar bilan savol-javoblar qilishdi.
Bundan tashqari, o'tkazilgan ochiq semanr-mashg'ulotida professor-o'qituvchilar tomonidan o'quvchi-yoshlarga ichki ishlar organlari xodimlari uchun zarur bo'lgan dastlabki kasbiy bilim va ko'nikmalar, yuksak vatanparvarlik va ma'naviy-ahloqiy fazilatlarni shakillantirishga doir tushunchalar berib o'tildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech