10 Dekabr 2021 yil 450

IIV Surxondaryo akademik litseyida "Oliy Qomusim-Konstitusiya" shiori ostida uch bosqichli bellashuv bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida "Oliy qomusim-Konstitutsiya" shiori ostida chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. Unga ko'ra dastlab akademik litsey direktorining 5 500 000 so'mlik mukofoti uchun, barcha o'qituvchi va ishchi xodimlari o'rtasida "Zakovat" inteliktual o'yini tashkil etilib, unda 9 ta jamoa o'zaro bellashdilar, yakuniy natijalarga ko'ra "Bilimdonlar" jamoasi birinchi o'rinni, "Everest" jamoasi 2 - o'rinni, "Zukkolar" jamoasi 3 - o'rinni egalladi.
Chora-tadbirning dasturining ikkinchi bosqichi bo'yicha, akademik litseyning barcha o'qituvchi va o'quvchilari hamda ishchi xodimlari o'rtasida "Konstitutsiya va inson huquqlari bilimdoni" shiori ostida onlayn test musobaqasi o'tkazildi. Unga ko'ra eng yuqori ball to'plagan o'quvchilar akademik litsey direktori tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Tadbirning uchinchi bosqichida, o'quvchilar tomonidan tayyorlangan she'riy va musiqali chiqishlar hamda Konstitutsiya bo'yicha bilimlar bellashuvi bo'lib o'tdi. Unda 3-kurs o'quvchilaridan "demokratlar" va "Yuristlar", 2-kurs o'quvchilaridan "yosh huquqshunoslar" jamoalari o'zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra "Yuristlar" jamoasi g'olib bo'ldi. Tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchilar, o'qituvchilar va ishchi xodimlar o'rtasida o'tkazilgan "Zakovat" o'yinida faxrli o'rinni egallagan jamoalar akademik litsey direktori podpolkovnik B.V.Bo'riev tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

Text to speech