15 Fevral 2022 yil 200

IIV Surxondaryo akademik litseyida, "Ilm-u she'riyatda shoh-u Sulton" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida 14-fevral o'zbek mumtoz adabiyotining etuk namoyondasi shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "Ilm-u she'riyatda shoh-u Sulton" shiori ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti dekani tarix fanlari nomzodi, dotsent X.Xolmuminov, tarix fakulteti "O'zbekiston tarixi kafedrasi" o'qituvchisi falsafa fanlari doktori A.Boqiev hamda "O'zbek adabiyoti kafedrasi" o'qituvchisi adabiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori S.Raimovalar ishtirok etishdi. Tadbirni O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik B.Bo'riev ochib berdi. Tadbir o'quvchilar tomonidan tayyorlangan musiqali, she'riy va sahna ko'rinishlari bilan davom etdi.

Text to speech