IIV Surxondaryo akademik litseyida "Davlatchilik tarixida Zahiriddin Muhammad Boburning tutgan o'rni" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.
Joriy yilning 15-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "Davlatchilik tarixida Zahiriddin Muhammad Boburning tutgan o'rni" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi.
Anjumanda, Termiz Davlat universiteti Tarix fakulteti dekani tarix fanlari nomzodi, dotsent X.Xolmo'minov, Tarix fakulteti "O'zbekiston tarixi kafedrasi" o'qituvchisi tarix fanlari bo'yicha falsafa fanlari doktori A.Boqiev, "O'zbek adabiyoti kafedrasi" o'qituvchisi adabiyot fanlari bo'yicha falsafa fanlari doktori S.Raimova va akademik litseyning Tarix va ona tili fan o'qituvchilari ishtirok etishdi. Ilmiy-amaliy anjumanni IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik B.Bo'riev ochib berdi hamda qatnashchilar o'zlarining mavzulari bo'yicha ma'lumotlar berishdi.