18 Fevral 2022 yil 898

IIV Surxondaryo akademik litseyi o'quvchilari Termiz Davlat universitetida bo'lishdi

Joriy yilning 17-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi hamda Termiz Davlat universiteti yuridik fakulteti bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan universitet binosida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda IIV Surxondaryo akademik litseyi direktorining ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik A.Nurkeldiev hamda Termiz Davlat universiteti yuridik fakulteti dekani yuridik fanlari doktori professor J.Xolmo'minov, IIV Surxondaryo akademik liseyining maxsus fan o'qituvchisi Termiz Davlat universiteti dosenti N.Yangiboev, yuridik fakulteti dekanining ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari B.Shaymardonovlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, akademik litsey o'quvchilari universitetda tashkil etilgan "Qatag'onlar" muzeyi bilan tanishishdi. Unda muzey direktori tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori A.Boqiev muzeyda mustamlaka davridan mustaqillikning dastlabki davrigacha bo'lgan eksponatlar hamda o'sha davrda qatag'on qilingan yurtdoshlarimiz to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdi.

Text to speech