14 Yanvar 2022 yil 2185

IIV Surxondaryo akademik litseyi o'quvchilari Jarqo'rgon tumanida joylashgan harbiy qismda bo'lishdi

O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi o'quvchilarining qishki ta'til kunlarini mazmunli o'rkazish va respublika bo'yicha o'tkazilayotgan "Vatanparvarlik oyligi" davomida turli xil ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yilning 13 yanvar kuni akademik litsey o'quvchilari Jarqo'rg'on tumanida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurishib, u erda harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar, qurol-aslahalar hamda maxsus vositalar bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar bilan o'tkazilgan davra suhbati davomida o'quvchilar tomonidan tayyorlangan Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlarini ijro etishib, Vatan himoyasi uchun bel bog'lagan harbiy xizmatchilarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 30-yilligi hamda "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" bilan samimiy muborakbot etishdi.

Text to speech