14 Yanvar 2022 yil 440

IIV Surxondaryo akademik litseyi o'quvchilari harbiy qismda bo'lishdi

O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi o'quvchilarining qishki ta'til kunlarini mazmunli o'rkazish va respublika bo'yicha o'tkazilayotgan "Vatanparvarlik oyligi" davomida turli xil ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 11 yanvar kuni akademik litsey o'quvchilari Termiz shahrida joylashgan harbiy qismga tashrif buyurishib, u erda harbiy xizmatchilarga yaratilgan sharoytlar, qurol-aslahalar hamda maxsus vositalar bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar bilan o'tkazilgan davra suhbati davomaida o'quvchilar o'zlari tayyorlab kelgan Vatanni madh etuvchi ko'shiqlarini ijro etishib, harbiy xizmatchilarni O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini tashkil topganligini 30-yilligi hamda "14-yanvar Vatan himoyachilari kuni" bilan samimiy muborakbot etishdi.

Text to speech