14 Iyun 2021 yil 286

IIV Surxondaryo akademik liseyida sportning havo miltig'idan o'q otish turi bo'yicha musobaqa g'oliblari taqdirlandi

2021 yil 7 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyida O'zbekiston mudofasiga ko'maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti Jarqo'rg'on tuman o'quv sport texnika klubi bilan hamkorligida tuman havo miltig'idan o'q otish turi bo'yicha tuman birinchiligi o'tkazildi.
Akademik liseyning birinchi va ikkinchi bosqich o'quvchilari ishtirokida o'tkazilgan havo miltig'idan o'q otish musobaqasida jami 13 ta guruh ishtirok etib, har bir guruhda 4 tadan shundan 3 ta o'g'il bola va 1 ta qiz bolalar ishtirok etishdi. Jami guruhlardagi o'quvchilar g'oliblik uchun alohida kurash olib bordilar. Ushbu o'q otish musobaqasida jamoalar faol ishtirok etib g'oliblik uchun kurash olib bordilar. Qiziqarli baxslarga boy bo'lgan musobaqada faxrli birinchi o'rinni liseyning 1-bosqich 4/20 guruh o'quvchisi Bo'riev Akbarali qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi va uchunchi o'rinlarni liseyning 1-bosqich 5/20 guruh o'quvchisi Xurramova Nigora va 2-bosqich 6/19 guruh o'quvchisi Panjiev javohirlar qo'lga kiritdilar.
G'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilar IIV Surxondaryo akademik liseyining va "Vatanparvar" tashkiloti Jarqo'rg'on tuman o'quv sport texnika klubi boshlig'ining faxriy yorlig'i va estalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Text to speech