7 Dekabr 2021 yil 452

IIV Surxondaryo akademik litseyida OITSga qarshi kurashishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Joriy yilning 1 dekabr kuni, O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida 1-dekabr-butun Jaxon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirni IIV Surxondaryo akademik litseyi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik A.Nurgeldiev ochib berdi. U o'z nutqida o'quvchilarga OITS infektsiyasi keng tarqalgan kasalliklardan biri bo'lgani uchun muhofaza tadbirlari ijtimoiy hayotning barcha soha vakillari ishtirokida olib borilishi lozimligi va bu borada har bir yigit-qiz bu infektsiyaning tarqalish yo'llari, uning oldini oladigan tadbirlardan xabardor bo'lishi va o'zini undan ehtiyot qilishi kerakligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi. Shundan so'ng, Jarqo'rg'on tuman 26-sonli oilaviy poliklinikasining mutaxassislari Qudratova Nargiza va Quzieva O'g'iloylar so'zga chiqishib, bu kasallikning kelib chiqish tarixi va bu kasallikning olib, keladigan oqibatlari bo'yicha ma'lumotlar berishdi. Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislarga o'quvchilar tomonidan mavzuga doir berilgan savollar yuzasidan tegishli tushunchalar va ma'lumotlar berildi.

Text to speech