7 Sentyabr 2021 yil 450

IIV Surxondaryo akademik liseyida Mustaqillik darslari o'tildi

O'zbekiston mustaqillikka erishganiga 30 yil to'lishi munosabati bilan yurtimizda ulug'bayram, katta shodiyonalari davom etmoqda. Bu shodiyona yurtimizning barcha hududlarida keng nishonlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-dekabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining o'ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish to'g'risida"gi PQ-4926-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 14 – avgust kunidagi farmoyishiga muvofiq ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik liseyida ham "yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik" shiori ostida bayram tadbiri o'tkazildi.
Bayram tadbiri Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik u.O'taev tomonidan ochib berildi. U barchani mustaqilligimizning 30 yilligi bilan chin dildan qutlab, akademik liseyda o'z kuch –g'ayrati va shijoati bilan mehnat qilib kelayotgan bir qator ofitserlar hamda o'qituvchi va o'quvchilarni mustaqilligimizning 30 yilligi bilan munosib unvon va nishonlar bilan taqdirladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan Surxondaryo akademik liseyining aniq fanlar kafedrasi mudiri, oliy toifali matematika fani o'qituvchisi R.Turdievni "Mustaqilligimizning 30 yilligi" ko'krak nishoni bilan hamda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 - yil 31-avgustdagi shaxsiy tarkib bo'yicha buyrug'iga asosan ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik liseyining ichki ishlar organlarining malakasini oshirish bo'yicha direktori o'rinbosari F.Qlichevni "podpolkovnik" unvoni bilan taqdirladi. Tadbir o'quvchi yoshlarga yangi o'quv yilida "yangi O'zbekiston"ga munosib farzand bo'lib etishishlari, ularning vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishlari, iste'dod va bilimlarini namoyon etishlari uchun ko'tarinki ruh bag'ishladi. Ichki ishlar vazirining 2021-yil 14 - avgustdagi farmoyishiga muvofiq Surxondaryo ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik u.O'taev hamda Qiziriq tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'ining ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari podpolkovnik J.Shaymardonov va akademik lisey direktori, podpolkovnik B.Bo'rievlar guruhlarda mustaqillik darslarini o'tib berishdi.
Shuningdek, akademik liseyning oliy toifali, Milliy sertifikat darajasiga ega bo'lgan ingliz tili fani o'qituvchisi Sh.Babanazarova mustaqillik darslarni "Let's live freely and prosperously in the new Uzbekistan" shiori bilan davom ettirdi. Mustaqillik biz uchun eng oliy ne'mat ekanligi, uning qo'lga kiritilishi uchun qancha mashaqqatlar chekilganligi haqida alohida ta'kidlar qayd etildi. "Vatan uchun xizmat qilish eng oliy burchimiz" konseptual g'oyasi ilgari surildi.

Text to speech