IIV Surxondaryo akademik liseyida "firibgar va ta'magirlardan ogoh bo'ling!"mavzuida yig'ilish bo'lib o'tdi
Joriy yilning 28 may kuni IIV Surxondaryo akademik liseyiga 2021-2022 o'quv yili uchun qabul jarayonlarida korrupsiyaning har qanday elementlariga, ta'magirlik va poraxo'rlik kabi illatlarga qarshi keskin kurash olib borish maqsadida, akademik liseyga kirish istagini bildirgan nomzodlarning ota-onalari bilan viloyat IIB boshlig'i o'rinbosari. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik u.S.O'taev, O'zbekiston Respublikasi O'XB Surxondaryo viloyati bo'yicha bo'limi boshlig'i podpolkovnik N.N.Ochilov hamda IIV Surxondaryo akademik liseyi direktori podpolkovnik B.V.Burievlar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda yig'ilish qatnashchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgust kunidagi "ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash tizmini tubdan takomshlashtirish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida "gi PK-3216-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 26 sentyabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademik liseylari faoliyatini tshkil etish chora-tadbirlari to'g'risida "gi 767-son qarorlari mazmun-mohiyati, IIV Surxondaryo akademik liseyida yaratilgan shart-sharoitlar, 2021-2022 o'quv yili uchun qabul kvotalari, qabul jarayonida imtihonlarning qay tarzda o'tkazilishi, imtiyozlar borasida ota-onalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar berilishi bilan bir qatorda, ularga imtihonlar shaffof va ochiqlik tamoyillari asosida o'tkazilishi, inson omili rol o'ynamasligi, dastlabki sinovlar IIVning meyyoriy buyruqlari asosida ichki ishlar vazirligi va viloyat IIB vakillari ishtirokida hamda yakuniy test imtixonlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o'tkazilishi tushintirildi.
Shuningdek, yig'ilganlarga "farzandlarini o'qishga kiritish"ni va'da qilib, ularga ta'magirlik qilish maqsadida yurgan firibgarlardan ogoh bo'lishlari, ularning nayranglariga uchmasliklari, basharti shu kabi holatlarga duch kelishganlarida O'zbekiston Respublikasi IIV O'XB Surxondaryo viloyati bo'yicha bo'limining (76) 222-07-33 raqamli ishonch telefonlariga qo'ng'iroq qilib xabar berishlari, ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etishga jonbozlik ko'rsatgan fuqarolar pul mukofotlari bilan taqdirlanishi borasida tushinchalar berildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati