7 Dekabr 2021 yil 502

IIV Surxondaryo akademik litseyida "5000 qadam piyoda yurish" aktsiyasi o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 9 noyabr kunidagi "Ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o'tkazish haqida"gi farmoyishi ijrosi va viloyat IIBning 2021 yil 15 noyabr kunidagi buyrug'i talablari asosida, IIV Surxondaryo akademik litseyida ham turli aktsiyalar tashkil qilinmoqda. Hususan, joriy yilning 4 dekabr kuni "5000 qadam piyoda yurish" aktsiyasi doirasida akademik litseyi o'qituvchilari, ishchi-xizmatchilari hamda o'quvchi-yoshlari jismoniy faollikni yanada oshirish, sog'lom turmush tarziga rioya qilish, sog'lik va salomatlikni asrab avaylash maqsadida, "Sog'lom hayot sari 5000 qadam" bannerlarini ko'targan holda tumanning A.Navoiy mahallasi ko'chalari bo'ylab piyoda harakatlanishdi. Jismoniy faollik hamda sportning barcha turlari bilan doimiy shug'ullanib turish – inson salomatligini mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etadi.

Text to speech