10 Aprel 2021 yil 448

IIV Surxondaryo akademik liseyi "kitobxonlik xaftaligi" doirasida

Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot kutubxona markazida O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyi o'quvchilari tomonidan tashkil etilgan "kitobxonlik xaftaligi" doirasida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligiga bag'ishlangan "biz kim Amir Temur avlodi" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir kechasi bo'lib o'tdi. Akademik lisey o'quvchilari tomonidan tayyorlangan Amir Temur hayoti va faoliyati bilan bog'liq sahna ko'rinishlari hamda vatanparvarlik kuylarini ijro etib tadbirga yanada ko'tarinki ruh bag'ishladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech