IIV Surxondaryo akademik liseyda, samimiylik kasb etgan uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyida IIV Akademiyasi boshlig'ining 1-o'rinbosari, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik M.Ziyodullaev ishtirokida bitiruvchi kurs o'quvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida, akademik liseyi bitiruvchilari bilan samimiylik kasb etgan uchrashuvda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollari va takliflari bilan ishtirok etishib, savol-javoblarda faol ishtirok etgan o'zining bilimi bilan boshqa tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan bitiruvchi yoshlarga IIV Akademiyasi boshlig'ining 1-o'rinbosari tomonidan badiiy kitoblar va esdalik sovg'alar topshirildi.
Tadbir yakunida, IIV Akademiyasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari tomonidan bitiruvchi yoshlarga IIV Akademiyasi va boshqa oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirishlariga, kelgusi o'qish va ishlariga omad yor bo'lishi ta'kidlanib, samimiy ezgu tilaklar bildirildi.