13 Yanvar 2025 yil
509
IIV Surxondaryod akademik litseyida "Posboniman-muqaddas yurtning"-shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joriy yilning 11 yanvar sanasida IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha maxsus otryadi xodimlari IIV Surxondaryo akademik litseyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida otryad xodimlari maxsus qurollarning texnik -taktik xususiyatlarini,ulardan
foydalanish tartiblarini tushuntirib berdilar!
Tadbir doirasida o‘quvchilar otryadning ko‘rgazmali chiqishlari bilan tanishishdi
hamda maxsus qurollar bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga kerakli javoblarni olishdi.
Bu kabi tadbir-mashg‘ulotlarining o‘tkazilishi yoshlarda harbiy Vatanparvarlik ruhining shakllanishiga xizmat qiladi!