26 Noyabr 2022 yil 206

IIV Surxondaryo akademik litseyida Zakovat intelektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-son qaroriga va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2022-yil 20-avgustdagi tegishli farmoyishiga asosan noyabrda "O‘zbekiston tarixi" fani oyligi munosabati bilan joriy yilning 26-noyabr kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilari o‘rtasida Zakovat intelektual o‘yini o‘tkazildi.

13 ta jamoa ishtirokida o‘tkazilgan o‘yin 3 bosqichda olib borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rinni "Yuksalish" jamoasi, 2-o‘rinni "Idrok" jamoasi, faxrli 1-o‘rinni "Tarmita" jamoasi qo‘lga kiritishdi.

G‘olib jamoalar akademik litsey ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

Text to speech