12 Aprel 2023 yil
393
IIV Surxondaryo Akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyi bitiruvchi kurs o‘quvchilariga Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 6-aprelda qabul qilingan “Huquqni muhofaza qilish Akademiyasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 143-sonli qarorining mazmun mohiyati akademik litseyning huquqshunoslik fani o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarga tushuntirildi.
Targ‘ibot tadbiri davomida, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollariga qo‘shimcha ma’lumotlar orqali javoblar qaytarildi.