20 Avgust 2022 yil 369

IIV Surxondaryo akademik litseyida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi

Joriy yilning 20-avgust kuni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Q.R.Batirov IIV Surxondaryo akademik litseyiga tashrif buyurib, ta’lim maskanida yangi 2022/2023-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlaridan tortib, o‘qitish tizimi va o‘quv jarayonida zamonaviy metodlarni qo‘llash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, axborot-kutubxona markazi va o‘quvchilar uchun yaratilgan boshqa sharoitlar bilan tanishdi.

Jarayonda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari mas’ullarga litseyda tashkil etilgan Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari faoliyatini o‘zida aks ettiruvchi amaliy o‘quv xonalarini bugungi kun talablari asosida takomillashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga nazariya va amaliyot uyg‘unligidagi mazkur tajribani qo‘llash samarali natijaga erishishda muhim omil bo‘lishi alohida takidlandi.

Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Text to speech