IIV Surxondaryo akademik litseyida tergovchi va surishtiruvchilar uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida viloyatning barcha shahar-tuman IIB Tergov bo‘lim (bo‘linma, guruh) tergovchi va surishtiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvar kunidagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 10-son Qarori mazmun-mohiyatini yetkazish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbir qatnashchilariga akademik litsey direktori B.Bo‘riev tomonidan “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”da belgilangan qoida va talablar to‘liq yetkazildi.
Bundan tashqari, xodimlar oldiga qo‘yilgan vazifalar, ularning xalqchil tizim asosida o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashishlari, kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarliklariga alohida e’tibor qaratishlari lozimligi ta’kidlandi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati