10 Aprel 2022 yil 425

IIV Surxondaryo akademik litseyida, "Temur tuzuklari - adolat mezonidir" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 8-aprel kuni Surxondaryo akademik litseyida, 2 aprel kunidan 2 may kuniga qadar Respublika ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan hamda viloyati IIB boshlig‘ining 2022 yil 1 apreldagi Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi talablari ijrosini ta’minlash shuningdek, sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan "Temur tuzuklari - adolat mezonidir" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda, Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti "Jahon tarixi" kafedrasi o‘qituvchisi Tarix fanlari doktori professor T.Pardayev va "Jahon tarixi" kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Ergashovlar ishtirok etishdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik B.V.Bo‘riyev kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tashkil etilgan ma’naviy va ma’rfiy tadbirda, Amir Temurning hayot yo‘li hamda ilm, madaniyat, san’at namoyondalariga e’tibori va xalqparvarligi, qo‘shni davlatlar bilan olib borgan diplomatik salohiyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek o‘quvchilar tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar hamda Amir Temur bobomizni ulug‘lovchi ajoyib sahna ko‘rinishlari va she’rlar ijro etishdi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech