8 Dekabr 2022 yil 338

IIV Surxondaryo akademik litseyida "Oliy qomusim Konstitutsiya" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan joriy yilning 7-dekabr kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida "Oliy qomusim Konstitutsiya" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Jarqo‘rg‘on tuman xokimining ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Rajabov ishtirok etdi.

Tadbir ikki bosqichda o‘tkazilib, birinchi bosqichda o‘quvchilar tomonidan she’riy va vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi va ikkinchi bosqichda o‘quvchilar o‘rtasida "Konstitutsiya bilimdonlari" musoboqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda "Parlament", "Advokat" va "Yurist" jamoalari ishtirok etishdi.  Yakuniy natijalarga ko‘ra "Parlament" jamoasi “mutloq g‘olib”-deb, topilib akademik litsey va xokimlik faxriy yorliqlari, estalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech